Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamda shahrimizdagi bir qator oliygohlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu hamkorlik aloqalari doirasida oliygohlar kombinat tarkibiy bo‘linmalariga zarur bo‘lgan oliy ma'lumotli mutaxassislarni yetkazib bermoqda.
Shahrimizda faoliyat yuritib kelayotgan MTTU MISiS Olmaliq filiali ham bir necha yillardan buyon kombinat bilan o‘zaro hamkorlik qilib keladi.
Ushbu hamkorlik aloqalari doirasida kuni kecha filialning Metallurgiya fakulteti 2-bosqich talabalari uchun Markaziy ta'mirlash mexanika zavodida sanoat ekskursiyasi tashkil etildi.
Talabalar kombinatda mahalliylashtirish dasturining bosh ijrochisi bo‘lgan zavoddagi texnologik ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishdi.
Shuningdek, filialning Metallurgiya fakulteti 1-bosqich talabalari uchun esa Mis eritish zavodiga sanoat ekskursiyasi uyushtirildi.
Talabalar mis eritish jarayonini ko‘zdan kechirishdi.
Bu kabi sanoat ekskursiyalari bo‘lajak metallurglarda o‘z kasbi haqida yana chuqurroq tassavurga ega bo‘lishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ulug‘bek Usvaliyev,
Azim Daniyarov,
O‘quv markazi ta'lim ustalari