Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 13-14 mart kunlari “Metallurg” MSda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tashkil topganligining 75 yilligi munosabati bilan kombinat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun korxona faoliyati noan'anaviy tarzda tanishtirildi.
Ikki kun davomida 1000 nafarga yaqin 6-7 yoshdagi tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilariga kombinat faoliyati tanishtirildi.
Dastlab bolajonlar “Metallurg” madaniyati saroyida joylashgan “Suyurlitepa yodgorligi” ko‘rgazmasi va kombinat muzeyini ko‘zdan kechirishdi.
Bolajonlarga sodda tilda kombinatning har bir tarkibiy bo‘linmasi, u yerda ishlayotganlar va kasblar bo‘yicha batafsil ma'lumotlar berildi.
Ayniqsa, kombinat bog‘chalarida faoliyat yuritayotgan musiqa rahbarlari tomonidan “Oppog‘oy va 7 gnom” nomli ertak yangi talqinda sahnalashtirilib, ertak qahramonlari kombinatning har bir bo‘linmasi haqida qiziqarli hikoya qilinishi bolajonlarda katta taassurot qoldirdi.
Yosh avlodni kasbga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otish, kombinat hayoti haqida tasavvurga ega bo‘lishlariga imkon yaratish maqsadida tashkil etilgan tadbir davomida bolajonlar ota-onalarining qayerda va qanday kasb egalari bo‘lib mehnat qilishlari haqida ham ma'lumot olishdi.
Axborot xizmati