• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi – ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini oladi

06 Fevral 2023, 9:23 1210

Sir emas hozirgi kunda mamlakatimiz bo‘ylab barcha sohalarga raqamlashtirish joriy etilmoqda. Qaysi sohaga nazar solmaylik, qaysi davlat hizmatlaridan foydalanmaylik, xalq ehtiyojlarini tezkorlik bilan qondirish, hujjatlar aylanishini imkon qadar jadallashtirish va barcha tashkiliy jarayonlarni shaffoflik tamoyili asosida tashkil etish uchun amalga oshirilgan islohotlar bilan yuzlanamiz.

Shu jumladan, “Olmaliq KMK” AJ Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish va ishchi-xodimlarning farzandlariga yo‘llanma ajratish jarayoni ham raqamlashtirildi. Ushbu jarayonni takomillashtirish maqsadida 2022-yilning birinchi yarimi davomida Ijtimoiy ob’yektlar boshqarmasi va Kasaba uyushmasi qoshidagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan ilg‘or ish tajribalari o‘rganib chiqildi. Jamlangan ma'lumotlarni tahlil qilish jarayonida axborot tizimi mexanizmi ishlab chiqildi. Vazirlar Maxkamasining ““Olmaliq KMK" AJ faoliyatida raqamli texnologiyalarni va axborot tizimlarini keng joriy etish to‘g‘risida”gi 2021-yil 3-noyabrdagi 08/1-2190-son topshirig‘i ("Yo‘l xaritasi"), "Olmaliq KMK" AJning 2022-yil 26-yanvardagi 0081-son buyrug‘i ilovasining 8-bandiga muvofiq hamda “Maktabgacha ta'lim tashkilotlariga onlayn yo‘llanmalar ajratish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi farmoyishi asosida kombinat tasarrufidagi MTTlar faoliyatini nazorat qilish va yo‘llanmalarni ajratish bo‘yicha “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi joriy etildi.

Ushbu axborot tizimi vositasida barcha foydalanuvchilar mavjud MTTlar bo‘yicha qamrov darajasi, moddiy-texnik ta'minoti, ta'lim tili va boshqa shu kabi ma'lumotlar bilan tanishishlari mumkin. 2022-yilning dekabr oyida tizim tajriba tartibida ishga tushirildi. Amaliy ish jarayonida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi va axborot tizimining faoliyatini tartibga soluvchi Ma'muriy reglament “Olmaliq KMK” AJ Boshqaruv raisining 2023-yilning 25-yanvarda imzolangan buyrug‘iga asosan tasdiqlandi. Ma'muriy reglament asosida har bir  kombinat ishchi-xodimlari farzandlarini MTTlarga yo‘llanma olish navbatiga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini qo‘lga kiritgan kundanoq bevosita telegramdagi OKMK | AGMK - bot orqali qo‘yishlari mumkin. Buning uchun ariza beruvchidan faqatgina farzandi va turmush o‘rtog‘i haqida ma'lumot, yashash manzili va telefon raqamini kiritishlari talab etiladi. Ariza qabul qilingandan so‘ng, xodimlar navbatning holatini onlayn nazorat qilishlari, navbatlari kelganda esa yo‘llanmani shaxsiy kabinetlaridagi ilova orqali PDF formatdagi elektron hujjat ko‘rinishida qo‘lga kiritishlari mumkin. Bu jarayonlar shaffoflik asosida va ortiqcha ovoragarchilikdan holi tarzda tashkil etilgan. Tizimda ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarga (I va II guruh nogironligi bo‘lgan kombinat ishchi-xodimlari hamda 18 yoshgacha I va II guruh nogironligi bo‘lgan bolali oilalar, bolaning otasi yoki onasi baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan oilalar, to‘rt va undan ortiq 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ko‘p bolali oilalar) imtiyozli ravishda yo‘llanma ajratish tartibi ham ko‘zda tutilgan. Ushbu ro‘yxatni shakllantirish uchun hujjatlarning asl nusxasi IOBning mas'ul xodimiga taqdim etiladi va tegishli mazmundagi arizaga muvofiq ro‘yxatga olinadi.

Har bir innovatsiya joriy etilishi davomida kuzatilganligi kabi, ayni damda axborot tizimiga xodimlarimiz tomonidan farzandlarini navbatga qo‘yish davomida tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Ushbu jarayonni jadallashtirish va “Olmaliq KMK” AJ ishchi-xodimlariga qulaylik yaratish maqsadida IOB mas'ul xodimlari tomonidan onlayn navbatni shakllantirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Agarda sizda ushbu masala bilan bog‘liq yuzaga keladigan savol bo‘lsa ushbu ishonch telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: 61-9-62-87.

Ushbu tizimdan foydalanish haqida quyidagi yo‘riqnomalar orqali tanishishingiz mumkin:

  1. Tizimdan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tish yo‘riqnomasi - YUKLAB OLISH
  2. Ota-onalar uchun “Bolalar bog’chasiga elektron arizalar yuborish axborot tizimi” bo’yicha yo’riqnoma - YUKLAB OLISH

Saodat Teshaboyeva,

IOB Maktabgacha ta'lim bo‘lim boshlig‘i v.b.

Bo`lishmoq:
Text to speech