• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Bolalarga quvonch ulashaylik!”

28 Iyun 2024, 10:14 265

Yozning jazirma issiq kunlarida kombinat ishchi-xodimlarining farzandlari bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida hordiq olishmoqda.

Oromgohlarda dam olayotgan bolajonlarning vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan turli xil ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 27-iyun kuni qo‘shni Piskent tumanidagi "Tong" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Bolalarga quvonch ulashaylik!” shiori ostida bir qator tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirlar doirasida o‘tkazilgan “Eng bilimdon kitobxon" viktorinasi, "Eng faol kitobsevar guruh" va “Eng yaxshi kitobxon" tanlovlarida bolajonlar qanchalik kitobga yaqin oshno ekanliklarini ko‘rsatib berishdi.

"Yosh rassom” rasmlar tanlovida esa ishtirokchilar o‘zlarining tasviriy san'at bo‘yicha mahoratlarini namoyish etishdi.

“Yosh dizayner” va “Yosh stilist” tanlovlari esa bo‘lajak dizayner va stilistlar uchun mahorat maktabi vazifasini o‘tadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

"Quvnoq startlar”, yengil atletika, shaxmat, stol tennisi, shashka, darts kabi sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar ham qiziqarli bahslarga boy bo‘ldi.

“Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida psixologik muhitni barqarorlashtirish” mavzusida o‘tkazilgan interfaol o‘yinlari ham bolajonlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbirlarda ishtirok etgan mehnat faxriylari ham bolajonlar bilan sport musobaqalarida bellashdilar.

Tanlov va sport musobaqalarining g‘oliblariga sport anjomlari, turli xil o‘yinchoqlar tuhfa etildi.

U.Djalilova,

"Olmaliq KMK" AJ xodimlari kasaba uyushmasi apparati

tashkiliy ishlar boʻyicha yetakchi mutaxassisi

Bo`lishmoq:
Text to speech