Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Bolalarni sog‘lom, xavfsiz va sifatli ovqatlantirish

14 Avgust 2025, 8:56 651

Ijtimoiy obeyktlar boshqarmasi tasarrufidagi 33-MTTda bolalarni sog‘lom, xavfsiz va sifatli ovqatlantirish mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — MTT hamshiralarining bolalar salomatligini mustahkamlash, ovqatlanish sifati va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo'ldi.

Tadbirda IOB terapevt shifokori F. Eshonova so‘zga chiqib, 00-1621-sonli SanQvaM hamda O‘zbekiston Respublikasida joriy etilgan “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida bolalarni ovqatlantirish qoidalari va talablari haqida batafsil ma’lumot berdi.

IOB pediatr shifokori D. Qayumova MTTda bolalarning tibbiy ko‘rik xulosalari bo‘yicha hisobot taqdim etdi va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tavsiyalarni bayon qildi.

Maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i v.b. O. Kamolova hamshiralarga bugungi tezkor rivojlanish davrida bolalarning sog‘lig‘i, hayoti va xavfsizligini ta’minlash, ularni sog‘lom va sifatli ovqatlantirishda e’tiborli bo‘lish, ota-onalar bilan individual ishlashning yangi innovatsion yo‘llarini qo‘llash zarurligi haqida fikr bildirdi.

Seminar yakunida hamshiralar guruhlarga bo‘linib, savol-javoblar orqali o‘z bilimlarini mustahkamlashdi, amaliy tavsiyalar bilan tanishdilar va tajriba almashdilar.

Ushbu seminar, nafaqat bolalar salomatligini himoya qilish, balki MTTlarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish yo‘lida ham muhim qadam bo‘ldi.

Alisher Usmonov

Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi Yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech