• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

"Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish"

05 Dekabr 2022, 9:34 628

"Olmaliq KMK" AJ Ijtimoiy obyektlar boshqarmasida BMT Assambleyasi tomonidan e'lon qilingan 25-noyabr "Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni" ga bag‘ishlangan "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun" aksiyasi doirasida tadbirlarni tashkil etish yuzasidan Bolalarning sog‘lom va xavfsiz ulg‘ayishlarini ta'minlash maqsadida bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri 2 dekabr kuni "Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish" mavzusida 35-sonli "Mo‘jizalar karvoni" nomli MTTda ma'sul MTT mudiralari tomonidan tadbir tashkillashtirildi.

Tadbirda IOB rahbari K.Umaraliyeva, Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha yetakchilar, yosh mutaxassislar, ota-onalar Kengashi raislari va MTT mudiralari ishtirok etishdi.

Tadbir boshida 21-MTT mudirasi I. Azizova ishtirokchilarga mavzuning dolzarbligini aytib o‘tdi.

"Bola huquqlarini himoya qilish konvensiyasi" bo‘yicha 35-MTT mudirasi I. Soatova ma'lumot berib o‘tdi va ushbu MTTning faol tarbiyalanuvchilari tomonidan "Mening huquqlarim" mavzusidagi ijodiy chiqishlari bilan ishtirokchilarni mamnun etishdi.

"Inson shaxsiyati rivojlanishida bolalik davrining o‘rni" mavzusida 31-MTT mudirasi S. Teshaboyeva tinglovchilarga trening o‘tdi.

7-MTT faol tarbiyachilari tomonidan "Bolalarni tazyiqdan birgalikda asraylik" nomli sahna ko‘rinishini mehmonlarga namoyish qilishdi. Sahna ko‘rinishi o‘zining hissiyotga boyligi, ta'sirliligi va tarbiyaviy ahamiyatga egaligi bilan ajralib turdi va tadbir yakunida xulosa o‘rnida xizmat qildi.

Tadbir uchun "Mening oilam" mavzusida MTT tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan rasmlar namoyishi va "Biz baxtli oilamiz" mavzusida oila a'zolari ishtirokidagi suratlari fotogalereyasi taqdim etildi.

Gulsanam Xolmirzayeva

7-MTT mudirasi v.v.b

IOB tashkiliy ishlar komissiyasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech