Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan har bir bayramda ijtimoiy himoyaga muhtoj va ehtiyojmand oilalar hamda nogironligi bor shaxslarga muntazam ravishda mehr-muruvvat ko‘rsatib kelinadi.
Yangi yil bayrami munosabati bilan kombinat tarkibiy bo‘linmalari ham o‘zlariga biriktirilgan ta'lim muassasalari o‘quvchilariga e'tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdi.
Jumladan, Kovuldi koni mehnat jamoasi shahrimizdagi 6-sonli ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabining o‘quvchilarini bayram bilan qutlashdi. Qorbobo va qorqiz hamda turli ertak qahramonlari ishtirokidagi bayram tadbiri bolajonlarga bir olam quvonch bag‘ishladi. Mehnat jamoasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Anorboy Yusupovning ma'lum qilishicha, tadbar davomida maktabning 173 nafar o‘quvchilariga kombinat sovg‘alari taqdim etilgan.
Angren kon boshqarmasi mehnat jamoasiga Angren shahridagi 34-sonli tayanch-harakat a'zolari shikastlangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda 9-sonli alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabi biriktirilgan bo‘lib, konchilar maktab o‘quvchilari holidan muntazam ravishda xabar olib turishadi. Yangi yil bayrami arafasida ham ushbu maktablarda ayyom tadbirlari tashkil etilib, Qorbobo va qorqiz, ertak qahramonlari bolajonlarni bayram bilan tabriklashdi. Kon boshqarmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sherzod G‘aniyevning ma'lum qilishicha har ikki maktabning 330 nafar o‘quvchisiga kombinat sovg‘alari yetkazib berilgan.
Bundan tashqari, “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti mas'ullari tomonidan Piskent tumanidagi 79-sonli maktab-internati o‘quvchilari uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Trest kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Obid Sarkayevning ta'kidlashicha, tadbirda bolajonlarga ertak qahramonlari ishtirokida tomoshalar namoyish etilib, 55 nafar o‘quvchiga bayram sovg‘alari topshirilgan.
Shuningdek, Sanoat temir yo‘l transport boshqarmasiga biriktirilgan shahrimizdagi 80-sonli maktab internatining 172 nafar o‘quvchilariga ham kombinat sovg‘alari yetkazilgan.
Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: