• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Boshlang‘ich tashkilotlarga amaliy yordam

10 May 2024, 10:14 156

“Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi apparati mas'ul xodimlari U.Djalilova, K.Maxatov, M.Mavlyanov, U.Alimovlar va Mis boyitish fabrikasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi komissiyalari tomonidan 2024-yil 19-apreldan 6-maygacha bo‘lgan davr mobaynida Ohak zavodi kasaba uyushma qo‘mitasiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Amaliy yordam ko‘rsatish dasturi doirasida Ohak zavodida yangi saylangan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Alisher To‘raqulovga va kasaba uyushma faollariga kasaba uyushmasi faoliyati to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi. Kasaba uyushmasi faoliyatini tartibga soluvchi ichki me'yoriy hujjatlar mazmuni va mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, mehnat muhofazasi vakillariga, kasaba uyushmasining komissiya raislari va a'zolariga tegishli faoliyatni tashkil etish yuzasidan bajariladigan ishlar tushuntirib o‘tildi.

Shu bilan birga, kasaba uyushma faollarining huquqiy savodxonligini oshirish, ishchi-xodimlar tomonidan kelib tushadigan murojaatlar bo‘yicha ishni to‘g‘ri tashkil etish maqsadida sayyor yuridik klinika qabuli o‘tkazildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech