"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan joriy yilning 13-may kuni “Temiryo‘lchilar” saroyida Zakovat intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Mazkur o‘yinda kombinat tarkibiy bo‘linmalaridan 30 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.
Jamoalar mehnat muhofazasiga oid meyo'riy qonun hujjatlari, tarixiy, mantiqiy, adabiyot bo‘yicha tuzilgan savollarga javob izlashdi.
O‘yinda jami bo‘lib 30 ta savol o‘ynaldi. Bilimdonlar har bir savolga 1 daqiqada javob berishi kerak bo‘ldi.
O‘yin natijalariga ko‘ra, Mis boyitish fabrikasi bilimdonlari barcha raqiblaridan ustun kelgan holda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi va “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti jamoalarining to‘plagan ochkolari teng bo‘lganligi sababli, qo‘shimcha savollar orqali ikkinchi o‘rin egasini aniqlab olishdi. Ushbu bahsda ta'mirchilar jamoasi ikkinchi o‘rinni egallashdi. Kombinat bunyodkorlari uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.
Mis eritish zavodi bilimdonlariga to‘rtinchi o‘rin nasib etdi.
Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.
Axborot xizmati