• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK bolalar sog'lomlashtirish oromgohlari mavsumga shaymai?

09 Iyun 2023, 16:35 701

Avval xabar berilganidek OKMK tasarrufidagi bolalar sog’lomlashtirish oromgohlari mavsumga qizgʻin tayyorgarlik koʻrishmoqda.

 Albatta dam olish uchun nafaqat qulay sharoit ta’minlanishi bu borada xavfsizlik masalalarining ham muhokama etilishi zarur.

Shu maqsadda OKMK mutasaddilari ishtirokida «Metallurg» MSda seminar boʻlib oʻtdi. Tadbirda kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi Abdurashid Xaydarov bu yilgi mavsumni uyushqoqlik bilan tashkil etishda kasaba uyushmasining roli mavzuida ma’lumot berib oʻtdi.

Nafaqat bolalar balki oʻsmirlar ham tashrif buyuradigan dam olish maskanlaridagi xavfsizlik, va huquqbuzarliklarni oldini olish, jamoat tartibini saqlash boʻyicha tavsiyalar bergan Olmaliq shahar IIB vakili ayni yoʻnalishda oromgoh rahbari va tarbiyachi, instruktorlarning ham vazifalarini ta’kidlab oʻtdi.

Ichki tartib qatori, yongʻin xavfsizligi masalalari muhokama qilinib, shahar tibbiyot birlashmasi xodimi Gulnora Abdumavlyanova tomonidan malakali tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha ham muhim tashabbuslarning mavjudligi va bu borada mutaxassislar tayyorgarlikdan oʻtganlari ta’kidlandi.

Yigʻilish davomida oromgohlarda ta’lim tarbiya ishlari, spoprt tadbirlarini tashkil etish, oshxona faoliyatini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, sara va sifatli mahsulotlari bilan bolalarni oziqlantirish borasida ham mutaxassislarning fikrlari tinglandi.

Ayni paytda shahar sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boʻlimi bosh epidemiologi Feruza Fozilmatova barcha rahbarlarga sanitar qoida va me’yorlarni tashkil etish boʻyicha eng asosiy tavsiyalarni berib oʻtdi.

Dilfuza Baxrixonova rahbarligidagi «Tong», Mohira Madalieva boshchiligidagi «Metallurg», Malika Miraxmedova bosh boʻlgan «Gulzor» hamda Zuhra Mahkamova qoʻl ostidagi «Istiqlol» oromgohlari mavsumga belgilangan tartibda shayligi, bolajonlarning tashriflarini yuqori saviyada oʻtkazish uchun tarbiyachi va yetakchilar oʻquv kurslarini ham tamomlagani ta’kidlab oʻtildi.

Yigʻilish ishtirokchilari tomonidan 2023 yilgi yoz mavsumini bolajonlar uchun yuqori saviyada va qiziqarli tashkil etilishi belgilab olindi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech