• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Buyuk bobolarimiz yodi

10 Fevral 2023, 9:17 863

Joriy yilning 8-fevral kuni “Metallurg” MSda buyuk bobokalonlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlariga bag‘ishlab ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

OKMK rahbariyati hamda kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Muqimiy nomidani O‘zbek Davlat musiqali teatri aktyorlari, xonanda va raqqosalari ishtirok etishdi.

Kombinat ishchi-xodimlari uchun tashkil etilgan madaniy tadbirda teatr jamoasi tomonidan buyuk bobolarimizning ijod namunalari tomoshabinlarga namoyish etildi.

Alisher Navoiy hamda Bobur obrazlari zo‘r mahorat bilan ijro etildi. Ayniqsa, “Layli va Majnun” sahna ko‘rinishi tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Feruza Bazarova,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisining

yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi

Bo`lishmoq:
Text to speech