• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Buyuk Britaniya delegatsiyasi OKMKda

23 Avgust 2023, 9:55 1257

Ma'lumki, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga manfaatli hamkorlik aloqalari yuzasidan ko‘plab davlatlardan qator delegatsiyalar va ishbilarmon doira vakillari kelishadi.

Joriy yilning 22-avgust kuni Buyuk Britaniya davlat kotibining parlament o‘rinbosari, eksport vaziri Malkolm Offord boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Delegatsiya tarkibida Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Timoti Smart, savdo va investitsiya masalalari bo‘yicha mas'ullar va bir qator yetakchi kompaniya vakillari ham bo‘lib, mehmonlar dastlab kombinat muzeyini tomosha qilishdi.

Shundan so‘ng, mehmonlar Qalmoqqir va Yoshlik-1 konlari, Mis boyitish fabrikasi hamda yangi barpo etilayotgan 3-Mis boyitish fabrikasida bo‘lishdi.

OKMK rahbariyati va Buyuk Britaniya delegatsiyasi o‘rtasida tashkil etilgan uchrashuvda kelgusidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari muhokama etildi.

Tadbir davomida Weir Minerals, United Concrete Canvas kabi kompaniya vakillari o‘z faoliyat turlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazishdi.

Ma'lumot uchun ayni paytda mamlakatimizda Britaniya kapitali ishtirokida qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, tog‘-konchilik, farmatsevtika, yengil sanoat, kimyo, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida 338 ta korxona faoliyat yuritib kelmoqda. Ularning 215 ta qo‘shma korxona bo‘lib, 123 tasi esa 100% tumanli Albion kapitali asosida hisoblanadi.

2023-yilning yanvar-iyun holatiga har ikki davlat o‘rtasida mahsulot aylanmasi 143,7 mln dollarni tashkil etgan.

Shuningdek, Buyuk Britaniyaning SRK Consulting xalqaro kompaniyasi va OKMK hamkorligida Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Qalmoqqir va Yoshlik-1 konlarida JORC kodeksining xalqaro standartlariga muvofiq geologiya-qidiruv ishlari olib borilib, zahiralar bo‘yicha o‘ta aniq hisobotlar taqdim etildi.

1930-2022 yillarda tayyorlangan jami 2 478 ta geologik hujjatlar, 874 ming pogon metr uzunlikda burg‘ilangan quduqlar bo‘yicha ma'lumotlar raqamlashtirilib, ularning yagona elektron bazasi “Datashed” va “Logchief” (Avstraliya) dasturiy ta'minoti “SRK Consulting” kompaniyasi bilan birgalikda shakllantirildi. Buning evaziga dunyo standartiga mos keladigan hamda investorlar tomonidan talab etiladigan JORC kodeksi asosida mineral resurslar hisobotini yuritish yo‘lga qo‘yildi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech