Call-markaz
Ishonch telefoni
Ma’lumki, konlardagi geologiya qidiruv ishlari natijasida olingan kern namunalarini saqlash va hujjatlashtirish uchun ularni saqlashga yirik omborlar zarur bo‘ladi. Ushbu omillarni hisobga olgan holda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib jami 60 ming kern yashiklarini saqlashga mo‘ljallangan zamonaviy ko‘rinishdagi 2 ta zamonaviy kern saqlash ombori qurilib, foydalanishga topshirildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan 2025 yil yanvar-may holati bo‘yicha 193 740 000 dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, prognoz 103,1 foizga bajarildi.
O‘zbekistonda qimmatbaho metallar ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda tabiiy boyliklardan samarali foydalanish maqsadida keng ko‘lamli sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda.
"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ joriy yilning 15-18 aprel kunlari sifat menejmenti tizimining ISO 9001:2015 xalqaro standartiga muvofiqligini yana bir bor tasdiqladi va 2024 yilda olingan sertifikatning birinchi kuzatuv auditidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan barcha ishlab chiqarish prognozlari bajarilishi barobarida mahsulotlar eksporti ham ortig‘i bilan uddalandi.
Shu yilning 7-may kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida Transformatsiya jarayoni” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan MISiS Fan va texnologiyalar universiteti va OKMK hamkorligida "GeoMetTex" ilg‘or muhandislik maktabi tashkil etilmoqda. Ayni kunlarda poytaxtimizda o‘tkazilayotgan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-sanoat hamkorligining muhim tadbiri — "INNOPROM. Markaziy Osiyo" V Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi davomida MISiS Fan va texnologiyalar universiteti rektori Alevtina Chernikova va "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ boshqaruv raisi Abdulla Xursanov o‘rtasida mazkur maktab faoliyatini tashkil etish bo‘yicha bitim imzolandi.
Ulug‘ yo‘l gazetasi 2025 yil 22 aprel 11-soni - Yangi O‘zbekiston universiteti talabalari OKMKda bo‘ldilartalabalari bo‘ldilar sarlavhali maqola e'lon qilindi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan 2025 yilning birinchi choragida barcha ishlab chiqarish rejalari ortig‘i bilan bajarildi.
Yangi O‘zbekiston gazetasining 2025-yil 8-aprel 71-sonida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Abdulla Xursanovning "Hammamizning kyelajagimizga xizmat qiladigan xayrli ishlar" nomli maqolasi bilan tashishingiz mumkin.
Shu yilning 25- va 29-mart kunlari Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida tarixiy voqea roʻy berdi. "Yoshlik I" koni maʼdanlarini qayta ishlashga moʻljallangan 3-Mis boyitish fabrikasining yirik maydalash sexida yuklama bilan sinov jarayonlari oʻtkazildi.
“Dolzarb bir oylik” doirasida OKMK rahbariyati biriktirilgan O‘rta Chirchiq tumanida homiylik yo‘li bilan “Qaytmas” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida suv minorasida demontaj va montaj ishlari bajarilmoqda.
Olmaliq shahridagi “Metallurg” madaniyat saroyi atrofi va “Yoshlar bog‘i”da ham bahoriy ayyom ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyoda mis, molibden, polimetall hamda oltin tarkibli rudalarni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi.
25 fevral kuni Jizzax viloyati, Forish tumanida OKMKda “Yoshlik-I” konini o‘zlashtirish investitsiyaviy loyihasi doirasida Yangi ohak zavodining qurilishiga start berildi.