Call-markaz
Ishonch telefoni
Joriy yilning 17-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bilan hamkorlikda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari axborot xizmati rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Tibbiyot xodimlari kuni arafasida ajoyib sovg‘a hozirladi. Bugun kombinat homiyligida to‘liq ta’mirlangan Olmaliq shahar tumanlararo perinatal markazi foydalanishga topshirildi.
Sanoat korxonalari hududida “yashil belbog‘” yaratish, dala chetlari va yo‘llar atrofida ko‘chatlar ekish ekologik vaziyatni yaxshilashga va ona tabiatimizni asrab qolishga qaratishgan tashabbusdir.
Toshkentda joriy yilning 1-2 noyabr kunlari 5-yubiley O‘zbekiston Xalqaro kon-metallurgiya forumi o‘tkazildi. Unda yurtimiz va xalqaro miqyosda kon-metallurgiya sektorini rivojlantirish istiqbollari, tarmoq oldida turgan muammolar va ularni bartaraf etish strategiyalari, mahalliy kon sanoatini o‘zgartirish masalalari, texnologik innovatsiyalarni joriy etish, turli xil konlarni qazib olish tajribasi kabi masalalar ham muhokama etildi.
Joriy yilning 25-26-oktyabr kunlari “Nodir metallar va mis sanoati” mavzusida Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy birlashmasida VII O‘zbekiston—Koreya nodir metallar va mis sanoati ikki tomonlama xalqaro seminari bo‘lib o‘tdi.
OKMK Mis boyitish fabrikasining Mis-molibden konsentratlarini saralash va quritish sexi mehnat jamoasi tomonidan molibden metallini ishlab chiqarish bo‘yicha yillik prognoz ko‘rsatkichi muddatidan avval bajardi.
Yangi O‘zbekiston gazetasi 2023-yil 8-oktyabr 207-son – Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi uning iqtisodiy samaradorligi qanday?
Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Germaniya Federativ Respublikasiga rasmiy tashrifi davomida OKMK va “KfW-IPEX Bank” nemis banki bilan yangi Mis eritish kompleksining qurilishini moliyalashni tashkillashtirish bo‘yicha 2,55 milliard dollarlik mandat imzolandi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasida ilk bor ferromolibden ishlab chiqarishning yangi texnologiyasi joriy etildi va to‘liq ishga tushirildi. Bunda ferromolibden mahsuloti molibden ishlab chiqarishda paydo bo‘ladigan molibden tarkibli chiqindilarni qayta ishlash asosida olinmoqda.
Ijtimoiy sohani doimo qo‘llab-quvvatlab kelgan "Olmaliq KMK" AJ homiylik mablag‘lari hisobidan joriy yilning aprel oyida Parkent tumani, Qiziltog‘ shaharchasi, "Fayzobod" mahallasida joylashgan "Chotqol" madaniyat markazi binosini mukammal ta’mirlash ishlari boshlangan edi.
“YANGI O'ZBEKISTON” gazetasining bugungi 190-sonida OKMK boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanovning “DAROMADNI QANDAY QILIB 8 MILLIARD DOLLARDAN OSHIRISH MUMKIN?” sarlavhali maqolasi bilan tanishishingiz mumkin.
Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekiston – Xitoy biznes forumi doirasida “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusining 10 yilligiga bag‘ishlangan tadbir ochildi.
Yangi O'zbekiston gazetasining 2023-yil 25-avgustdagi 171-sonida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi Abdulla Xursanovning "Zanjir" mukammal ishlasa, natija kuttirib qo'ymaydi" nomli maqolasi bilan tanishishingiz mumkin.
Joriy yilning 22 avgust kuni Buyuk Britaniya davlat kotibining parlament o‘rinbosari, eksport vaziri Malkolm Offord boshchiligida Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Timoti Smart, savdo va investitsiya masalalari bo‘yicha mas’ullar va bir qator yetakchi kompaniya vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Mamlakatimizda 2017 yildan buyon avgust oyining ikkinchi yakshanbasi “O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni” sifatida nishonlanib kelinmoqda. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibida ham qurilish sohasi bilan bog‘liq bir qator tarkibiy bo‘linmalar faoliyat yuritib keladi. Bugun sana munosabati bilan kombinat bunyodkorlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.