• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Chodak KB va Mis boyitish fabrikasida audit tekshiruvi o‘tkazildi

26 Aprel 2022, 13:29 1503

Joriy yilning 24 mart – 8 aprel kunlari OKMK Ijro apparati Mehnat muhofazasi va Sanoat xavfsizligi bo‘limi mas'ullari tomonidan Mis boyitish fabrikasida nazorat audit tekshiruvi o‘tkazildi.

Audit tekshiruv davomida fabrikaning barcha sex va uchastkalari tekshirildi. Maydalash, g‘alvirlash va flotatsiya, seleksiya jarayonlarida ishchi-xodimlarning xavfsizlik talablariga amal qilinishi va ish sharoitlarining yaratilishi o‘rganildi.

Tekshiruv natijasida  jami bo‘lib 314ta qoidabuzilish aniqlandi. Ularning 169tasi tashkiliy, 145tasi esa texnikaviy qoidabuzilishlar sirasiga kiradi.

Fabrikada qo‘pol qoidabuzilishlarga yo‘l qo‘ygan 24 nafar muhandis texnik xodimlarga intizomiy jazo qo‘llanilishi bo‘yicha buyruq rasmiylashtirilmoqda.

Shuningdek, Chodak kon boshqarmasida 12-16 aprel kunlarida o‘tkazilgan audit tekshiruvida Guzaksoy va Pirmirob shaxtalari hamda Oltin saralash fabrikasidagi mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi holati tekshirildi.

Unda 129ta qoidabuzilish aniqlanib, ularning 79 tasi tashkiliy va 50 tasi texnik sabablardir. Mazkur tekshiruv natijasida qo‘pol qoidabuzilishlarga yo‘l qo‘ygan 14 nafar muhandis texnik xodimlarga intizomiy jazo qo‘llanildi.

Iroda Almatova,

OKMK Ijro apparati MM va SX bo‘limi muhandisi

Bo`lishmoq:
Text to speech