• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Chodak kon boshqarmasida jamoa shartnomasi qoniqarli bajarilgan

11 Mart 2023, 13:19 838

Kuni kecha Chodak kon boshqarmasida jamoa shartnomasining 2022-yildagi ijrosi hamda 2023-2025 yillar uchun mo‘ljallangan jamoa shartnomasining loyihasi bo‘yicha hisobot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Chodak kon boshqarmasi mehnat jamoasining konferensiyasida konlardan saylangan delegatlar,kon boshqarmasi mas'ullari, kombinat kasaba uyushmasi kengashi apparati vakili ishtirok etdi.

Kasaba uyushmasining oxirgi 2 yillik hisobotlar monitoringi shuni ko‘rsatdiki, ishchi-xodimlarni davolash-profilaktika muassasalarida sog‘lomlashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan kasaba uyushma a'zolariga moddiy ko‘mak ko‘rsatish, xodimlarning farzandlarini oromgohlarda dam oldirish, sportga keng jalb etish ishlarida rejadan ortiq bajarilgan.

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘z faoliyatini 8 yo‘nalishdagi komissiyalar bilan chambarchas holda ish olib boradi. Bular - mehnat muhofazasi, ijtimoiy himoya va xuquqiy tarbiya, madaniy-ma'rifiy va sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash komissiyasi, turar-joy va maishiy soha bilan ishlash komissiyasi, shuningdek, tashkiliy ishlar hamda axborot va ma'lumotlar bilan ta'minlash komissiyalaridir.

Tadbirda har bir komissiya raisi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha hisobot berishdi.

Shuningdek, mas'ullar tomonidan Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha ham ma'lumot berildi.

Muzokaralar davomida konferensiya delegatlari Chodak kon boshqarmasida jamoa shartnomasining 2022-yilgi tadbirlarini bir ovozdan qoniqarli bajarildi deb baholashdi.

Moʻminjon Madazimov,

Chodak kon boshqarmasi Kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech