"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linmalarida yashil energetikaga o‘tish borasida samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, Chodak kon boshqarmasida ham qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish yildan-yilga oshib borayapti.
Korxona bosh energetigi Abduhakim Masharipovning ma'lum qilishicha, 2024-yilning so‘ngi choragida korxonaning elektr energiyaga bo‘lgan talabini qisman bo‘lsada qayta tiklanuvchi energiya manbai hisobidan qoplash maqsadida quyosh panellari o‘rnatilib, ishga tushirildi.
Xususan, Oltin saralash fabrikasining tom qismiga quvvati 2x115 kVtli jami 230 kVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatildi.
Shuningdek, Mexanika ta'mirlash binosining tom qismiga 115kVtli quyosh panellari o‘rnatildi.
Boshqarma binosining tom qismiga esa 30 kVtli bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilib, hozirgi kunda ishchi holatida ishlamoqda.
Mazkur obyektlarga o‘rnatilgan quyosh panellari tomonidan joriy yilning yanvar-iyun holatiga jami bo‘lib, 249 283 Kvt/s elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan ushbu elektr energiyasi korxonaning elektr energiyasiga bo‘lgan talabini 2%ni qoplaydi.
Bundan tashqari, 2025-yilning birinchi choragida Oltin saralash fabrikasi, Pirmirob va Guzaksoy shaxtalarining issiq suvga bo‘lgan ehtiyojini qayta tiklanuvchi energiya manbai bo‘lgan quyosh suv isitish kollektorlaridan foydalanish maqsadida hajmi 2800 litrlik 3 komplekt kollektorlar o‘rnatilib, ishga tushirildi. Natijada esa oyiga 3945 kVt/s elektr energiyasi tejalishiga erishilmoqda.
Chodak kon boshqarmasida elektr energiyasi iste'molini kamaytirish, elektr energiyasini tejash bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar tuzilib, ular birin ketin amalga oshirilayotir.
Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bardavomlik kasb etadi. Xususan, 2025-yilning 4-choragida Oltin saralash fabrikasining 6 kVli elektr taqsimlash qurilmasi (TQ-6)ga reaktiv energiyani kompensasiyalovchi qurilmani o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lib, buning natijasida elektr energiyasi iste'molida quvvat koeffisiyenti (cosƒ) ko‘tarilishi kuzatiladi va yillik kutilayotgan iqtisodiy samara 0,597 mlrd so‘mni tashkil etilishi hisoblangan.
Shuningdek, 2026-yilda Oltin saralash fabrikasining PMT-70 nasos 5GRK 8 №97 agregatining boshqaruv tizimiga chastotani o‘zgartiruvchi qurilmaning qo‘llanilishi rejalashtirilgan. Chastotani o‘zgarishi natijasida kutilayotgan iqtisodiy samaradorlikning oshirilishi 18% rejalashtirilgan bo‘lib, yillik tejaladigan elektr energiyasining miqdori 57 000 Kvt/s tashkil etilishi kutilmoqda.
Axborot xizmati