Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33“Olmaliq KMK” AJning deyarli barcha bo‘linmalari buyurtmalarini tayyorlaydigan va tom ma'nodagi kombinatning muhim bo‘g‘iniga aylangan Markaziy ta'mirlash mexanika zavodida aynan mahalliylashtirish Dasturi asosida amalga oshirib borilayotgan ishlar diqqat markazida turadi.
MTMZ o‘zining shonli tarixi davrida qurilmalar, jihoz va uskunalar, avtotransportlar va maxsus texnikalarning ehtiyot qismlarini, detallarni mexanik ishlov bergan holda tiklash, po‘lat, cho‘yan va rangli quymalarni tayyorlash, payvandlangan metall qurilmalarni va nostandart uskunalarni tayyorlash, elektr shlakli quyish qo‘ymalarini quyish, tog‘-konchilik qurilmalarini ishlab chiqarish, rezina-texnika mahsulotlarini gummirlash, kon-metallurgiya kombinatining ehtiyojlari uchun boshqa muhim vazifalarni bajarib keldi.
Korxonaning asosiy ishlab chiqarish sexlari qatorida Ta'mir- mexanika uchastkasi birinchilardan bo‘lib e'tirof etiladi. MTMZ va kombinat bo‘linmalari dastgohlar parkiga xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash ishlari olib boriladigan uchastka norasmiy ravishda “dastgohlar reanimatsiyasi” ham deb yuritiladi.
Korxonaning asosiy ishlab chiqarish sexlari qatorida Ta'mir-mexanika uchastkasi birinchilardan bo‘lib e'tirof etiladi. MTMZ va kombinat bo‘linmalari dastgohlar parkiga xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash ishlari olib boriladigan uchastka norasmiy ravishda “dastgohlar reanimatsiyasi” ham deb yuritiladi.
Ehtiyot va butlovchi qismlarni tayyorlash va ishlab chiqarishda keng qo‘llaniluvchi mexanik ishlov berish tish frezali dastgohlarida turli ta'mir ishlari olib boriladigan uchastkaning o‘ziga xos ishlab chiqarish an'analari shakllangan. Tokarlik, frezerlik, shliflash dastgohlari, o‘yuvchi va tish frezali qurilmalar, payvandlash yarim avtomatlari va boshqalar uskunalar bilan qurollangan uchastka jamoasi tomonidan har oyda 820 million so‘mlik ta'mir ishlari amalga oshirib kelinadi. Uchastka faoliyati rejali oldini olish ta'mirlar tizimi asosiga qurilgan bo‘lib, dastgohlar ta'mirida yuqori sifat ko‘rsatkichlari ta'minlab kelinmoqda.
Zavodning eng keksa va fidoyi muhandis-texnik xodimlaridan biri bo‘lgan Shavkat Daniyarov 40 yildan beri mazkur uchastkaga rahbarlik qilib keladi. MTMZ va shu bilan birga kombinatda uzoq yillardan beri ekspluatatsiya qilib kelinayotgan dastgohlar va qurilmalarning ta'miri o‘ziga xos yondashuvni talab qiladi. Uchastkada shakllangan tajriba maktabi esa ta'mirga keltirilayotgan dastgohlarni qismlarga ajratish, defektlarini aniqlash, ta'mirlar rejalari va bosqichliklarini puxta ishlab chiqish imkoniyatini yaratgan.
Ishlab chiqarish ustasi Baxtiyor Omarov uchastka boshlig‘ining ishlarni tashkil etish va amalga oshirib borishda eng yaqin hammaslak hamkasbi hisoblanadi. Uchastkadagi eng yangi frezerlash dastgohi frezerlovchi Akim Ablyaevga biriktirilgan. Avazbek Ahmedov, Adhamjon Joniqulov, G‘olib Soliyev kabi tokarlar tomonidan tokarlik dastgohlari imkoniyatlaridan samarali foydalanilib, yuqori ko‘rsatkichlar qo‘lga kiritib kelinmoqda. Mazkur kasb egalari tomonidan dastgohlarga texnik xizmat ko‘rsatish, ulardan foydalanish, detallarni o‘rnatish, ishlov berish va texnologik jarayonlarni olib borishning belgilangan jadvallariga og‘ishmay rioya qilib borishlari uchastkada mehnat va ishlab chiqarish intizomi borasida e'tiborga molik tartib o‘rnatilganidan dalolat beradi.
Kapital ta'mirga keltirilgan dastgohlarda belgilangan ta'mir rejalari puxta va aniqlikda olib borilishida Vali Almatov, Vladimir Vyazov, Mirhaydar Bogdanov va Ulug‘bek Rasulov singari chilangar-ta'mirchilarning tajriba va vazifalarga yondoshuvi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Uchastkadagi yagona bo‘lgan o‘yuvchi dastgohda tokar' Otabek Dostonov tomonidan tayyorlab berilayotgan detallar barcha talablarga javob berishi bilan ajralib turadi. U tayyorlab kelayotgan ehtiyot qismlarni barcha qismlar va mexanizmlarda uchratish mumkin.
Yoshlar o‘z korxonasi tarixi va qadriyatlariga sadoqat bilan yondoshsa, ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchi ham ortib boraveradi. Chilangar Ozodbek Isomiddinov uchastkaning eng umidli, serg‘ayrat xodimlaridan biri. U o‘zining qisqa mehnat faoliyati davomida oliy o‘quv yurtida olingan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlab borib, dastgohlar va qurilmalar ta'mirida eng muhim xodimlardan biriga aylanib ulgurdi.
Kichik va o‘ta muhim uchastkadagi ishlar ko‘lami nafaqat reja ko‘rsatkichlarning muntazam bajarilishi, balki kombinatning yaxlit texnologik zanjirining uzluksiz faoliyatini ta'minlab bormoqda.
Hasan ABDULLAYEV