• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Datamine International Limited” xalqaro kompaniyasi bilan uch tomonlama memorandum imzolandi

20 Aprel 2022, 10:21 1783

2022-yilning 19-aprel kuni MTTU MISiS Olmaliq filialida OKMK rahbariyati hamda “Datamine International Limited” xalqaro kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh direktori A. Ko‘kenov, kompaniya konsultanti, kon muhandisi Ye. Azimbayev, konsultant, geolog D. Jabayev va filial rahbariyati ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mazkur kompaniya va kombinat hamda oliygoh o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Ma'lumot o‘rnida aytish mumkinki hozirgi kunda mazkur kompaniya tog‘-kon sanoati uchun dasturiy ta'minot texnologiyalarini ishlab chiqishda dunyoda yetakchi hisoblanadi. Kompaniya geologik modellarni yaratish, shuningdek, ochiq va yer osti kon ishlarini rejalashtirish va loyihalash uchun dasturiy yechimlar taklif etadi.

Ushbu kompaniyaning mijozlari sirasiga yirik tog‘ kon kompaniyalarini o‘z ichiga oladi.

Tadbirda kombinat hamda MTTU MISiS Olmaliq filiali bilan “Datamine International Limited” xalqaro kompaniyasi o‘rtasida uch tomonlama memorandum ham imzolandi.

Kompaniya vakillari tomonidan filial talabalari uchun taqdimot ham o‘tkazildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech