• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

"Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini baholash mezonlari”

18 Noyabr 2022, 10:13 919

Ayni mavzuda joriy yilning 15-16 noyabr kunlari Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligida 30 dan ortiq davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta’minlashga mas’ullari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Tahlillarga koʻra, qator davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni ta’minlash sohasidagi majburiyatlarga rioya etish tizimli yoʻlga qoʻyilmagan, ya’ni ma’lumotlarni e’lon qilishga mas’ullar, ularni e’lon qilish tartibi, muddatlari kabi masalalar aniq belgilanmagan.

Natijada rasmiy veb-saytlar yoki Ochiq ma’lumotlar portalida ma’lumotlarni oʻz vaqtida e’lon qilmaslik yoki toʻliq ochiqlamaslik holatlari mavjud.

Shu bois Agentlik tomonidan joriy yilda 10 ta seminar tashkil etilib, 200 dan ortiq davlat xizmatchilariga yoʻl qoʻyilayotgan xato va kamchiliklar boʻyicha atroflicha tushuntirish berildi.

Ushbu seminar davlat xizmatchilarining sohadagi salohiyatini oshirishga oid tadbirlarning mantiqiy davomidir.

Seminarda OKMK Axborot xizmati xodimi ham ishtirok etdi.

Manba: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech