• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaning oldini olish va “komplaens-nazorat” tizimini samarali joriy etish”

08 Avgust 2023, 10:49 1771

Kuni kecha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari (komplaens-nazorat)ning (100 nafar) xodimlari uchun ayni mavzuda ikki kunlik o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Mazkur tadbir Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etildi.

Ushbu seminarda OKMK kompleans nazorati xizmati mas`ullari ham ishtirok etishdi.

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PQ-5177-son Qaroriga muvofiq, Agentlik davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarini joriy etish hamda samarali faoliyat yuritishini tashkillashtirish vazifasini amalga oshirib kelmoqda. Bugungi kunda 92 ta davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan banklarda mazkur tuzilmalar faoliyat olib bormoqda.

Agentlik tomonidan muntazam ravishda ularning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha uslubiy va amaliy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda.

Xususan, ushbu o‘quv-seminar orqali mazkur tuzilmalar faoliyatiga amaliy ko‘mak ko‘rsatishni izchil davom ettirish, ichki nazorat tuzilmalari xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsad qilingan.

Shu boisdan trening davomida xorijlik va mahalliy ekspertlar tomonidan davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni to‘g‘ri baholash, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va boshqarish, davlat fuqarolik xizmati hamda davlat xaridlari jarayonida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya xavf-xatarlarini aniqlash va oldini olish, davlat fuqarolik xizmatida sovg‘a siyosati, normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi haqida va boshqa muhim mavzularda taqdimotlar o‘tkazildi. 

 Mashg‘ulotlar mobaynidamazkur yangi tizimlar bo‘yicha xorijiy tajriba, reyting baholash yo‘nalishlari va indikator ko‘rsatkichlarini tahlil qilish usullari va aniq mezonlari ham ko‘rib chiqildi.

O‘quv-seminar dasturidan mahalliy va xalqaro ekspertlarning O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi va O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida"gi Qonunlarining maqsadi va ahamiyatiga oid maʼruzalar o‘rin oldi.    

O‘quv-seminar davomida davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini samarali joriy etishda uchrayotgan muammolar, faoliyatni tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarni amaliyotga tatbiq etishda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar o‘rganish va tahlil natijalari asosida ochiq muhokama qilinib, faoliyatni yana-da takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Yakunda ishtirokchilarga Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi tomonidan sertifikat topshirildi.      

Manba: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Bo`lishmoq:
Text to speech