Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Davlat va din munosabatlari”

05 Dekabr 2024, 8:27 1157

Joriy yilning 3-dekabr kuni Mis kompleksida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

“Davlat va din munosabatlari” mavzusida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi o‘qituvchisi Nurilla Turambekov, Olmaliq shahar diniy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassis Jamshid Pardayev, Angren shahar diniy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassis Bekzod Mirzaboyevlar ishtirok etishdi.

Tadbirda mas'ullar yangilangan konstitutsiyamizning 35-moddasida hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanishi, har kim xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega ekanligi, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmasiligi belgilab qo‘yilganligini ta'kidlashdi.

Shuningdek, qomusimizning 75-moddasida diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy tashkilotlarning faoliyatiga aralashmaydi.

Davlat qonunda belgilangan tartibda faoliyat ko‘rsatayotgan diniy tashkilotlar faoliyatining erkinligini kafolatlaydi, deya belgilab qo‘yilganini qayd etib o‘tishdi.

Tadbir davomida din niqobi ostida o‘zlarining yot g‘oyalarini targ‘ib qilayotgan buzg‘unchi kuchlarga ergashmaslik ta'kidlandi.

Namoyish etilgan “Adashganlar” videoroligida ham adashganlarning ayanchli qismati hikoya qilindi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech