• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

"Delfin" akvabog‘i mavsumga tayyor!

29 May 2023, 10:7 1868

Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi tasarrufidagi "Delfin" akvabog‘i 1-iyundan o‘z faoliyatini boshlaydi.

Akvabog‘da mavsumga tayyorgarlik ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.

Kombinat rahbariyatining aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadidagi xayrli ishlaridan biri - ushbu suzish havzasini soz holatda saqlash va barqaror faoliyatini ta'minlashdir.

Joriy yil mavsumga tayyorgarlik ishlari rejasi doirasida bog‘dagi ta'mirlash ishlari o‘z muddatida sifatli amalga oshirilib, akvabog‘da attraksionlar, basseyn, suzish havzalari ta'mirlanib, xavfsizlik faoliyati mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazildi.

Bir so‘z bilan aytganda "Delfin" akvabog‘i bu yilgi mavsumga tayyor.

Ijtimoiy ob'ektlar boshqarmasi ma'muriyati

Bo`lishmoq:
Text to speech