• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Delfin” akvaparkida mavsumga qizg‘in tadorik

04 May 2023, 9:28 1968

Hademay mamlakatimizga yoz fasli kelib, jazirma issiq kunlar boshlanadi. Odatda yozning issiq kunlarida muzdek suv havzasiga ehtiyoj tug‘iladi. Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi mehnat jamoasi kombinat ishchi-xodimlari va hamshaharlarimiz uchun qulaylik yaratish maqsadida ayni kunlarda “Delfin” akvaparkini mavsumga tayyorlash ishlari boshlab yuborilgan.

Ayni kunlarda mazkur parkda joriy ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, toyish tepaligi (gorka) “Olmaliqmetallurgqurilish” trestining alpinistlari tomonidan bo‘yalayapti. Kattalar uchun mo‘ljallangan basseyn atrofidagi bruschatkalar ta'mirlanayapti. 30dan ortiq nasos va dvigatellar reviziya qilinayapti. Hududda tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, 300ga yaqin manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Kichik va katta basseynlarda joriy ta'mirlash ishlari bajarilayapti.

Iyun oyining boshida ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan “Delfin” akvaparki hamshaharlarimizning yozning issiq kunlarida maroqli hordiq chiqarishlari uchun ajoyib maskan bo‘lishi shubhasiz.

IOB ma'muriyati

Bo`lishmoq:
Text to speech