• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Diana – Bahor malikasi”

11 Mart 2023, 9:9 1420

Joriy yilning 10-mart kuni Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasida mehnat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Bahor malikasi” deya nomlangan ko‘rik-tanlov tashkil etildi.

Tanlov ishtirokchilari tanishtiruv, karvin san'ati va erkin mavzu kabi shartlar bo‘yicha bellashdilar.

Qiziqarli bahslarga boy bo‘lgan tanlovda 2-temiryo‘l sexi sharafini himoya qilgan Muxlisa Akbo‘tayeva “Eng mahoratli” nominatsiyasiga loyiq ko‘rildi.

Vagon xizmati vakilasi Gulnoza Nusratullayeva esa “Eng jozibali” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi.

Ko‘tarma transport uskunalari xizmati sharafini himoya qilgan Lobar Fozilova esa “Eng iqtidorli” sovrini nominanti bo‘ldi.

1-temiryo‘l sexining vakilasi Diana Nurgaliyeva barcha shartlarni a'lo darajada bajargan holda “Bahor malikasi” deya e'tirof etildi.

Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

Obid Sarkayev,

STTB kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

Bo`lishmoq:
Text to speech