• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Dilfuza Ismoyilova “Yil ayoli” nominatsiyasi g‘olibi

09 Mart 2023, 15:58 1235

Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak ma'naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat bo‘lish bilan birga o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, munosib taqdirlash maqsadida joriy yilning 7-mart kuni Markaziy ta'mirlash mexanika zavodida “Yil ayoli” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Unda 5 nafar nozik xilqat egalari 4 ta shartda o‘zaro bellashishdi.

Dastlab qatnashuvchilar kreativ yondashgan holda o‘zlari haqida ma'lumot berishdi. Ya'ni taqdim etilgan videolavha va taqdimotda qiziqishlari, kasb-kori, oilasi va u bilan bog‘liq an'ana, urf-odatlari hamda qadriyatlari aks etdi.

Navbatdagi shart ayollarimizdan tezkor va mantiqiy fikrlashlarini talab etdi. Ularga oila sharoitida uchraydigan vaziyatlarga oid savollar berildi.

Sport musobaqasida esa opa-singillarimiz 60 metrga yugurish, arg‘imchoqda va joyidan turib uzunlikka sakrash bo‘yicha kuch sinashishdi. 

Erkin mavzu sharti esa ishtirokchilarning iqtidorlarini namoyish etishlari uchun  imkon yaratdi.

Xay'at a'zolari qatnashuvchilarning kiyinish, muomila, nutq madaniyatini, video va taqdimotlarning sifati, muammoli vaziyatlardan tezkor chiqib keta olishi va iste'dodlariga qarab 5 ballik mezonda baholab borishdi. Vaqtga va nizomga amal qilmagan ishtirokchilardan bajarilgan shart uchun 1 balldan olib tashlandi.

Natijalarga ko‘ra, 3-o‘ringa zavodning temirchilik-payvandlash sexi ish taqsimlovchisi Malika Allamurotova, 2-o‘ringa mazkur sexning elektron hisoblash mashinasi operatori Feruza Ertayevalar loyiq ko‘rildi.

Faxrli birinchi o‘rin va “Yil ayoli 2023” nominatsiyasi hisob bo‘yicha katta texnik Dilfuza Ismoilovaga nasib etdi.

Tanlov yakunida g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Nodira Ortiqova,

MTMZ kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

Bo`lishmoq:
Text to speech