• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Direksiya yangi binosi barpo etilmoqda

16 Yanvar 2023, 10:34 1407

Xabaringiz bor, ayni paytda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy mega loyihasini amalga oshirish uchun jadal sur'atlarda ish olib borilmoqda.

Mazkur megaloyiha doirasida yaqin kelajakda Qalmoqqir va “Yoshlik-1” konlari birlashtirilib, “Oliy Ziyo” koni tashkil etiladi. “Yoshlik-1” konining direksiya ofisi ushbu hududga yaqin bo‘lganligi uchun, ushbu ofis yangi binoga ko‘chirilayapti.

Ayni paytda “Yoshlik -1” koni direksiyasining ma'muriy-maishiy korpusi binosi shahrimizning sobiq Mayakovskiy parki hududida 1 gektar yer maydonida barpo etilmoqda.

Mazkur korpusda shuningdek, 50 kishiga mo‘ljallangan kichik oshxona ham bo‘ladi.

Qurilish ishlari “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti ishchi-xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Ayni kunga qadar ushbu ob'yektda 325 metr kub yer ishlari, 129 metr kub beton ishlari, 10,4 tonna metallokonstruksiya ishlari bajarildi.

Xozirgi kunda bino ichidagi xonalarni qurish jarayoni ketyapti. Ularga 2350 metr kvadrat gipsokarton listlari o‘rnatilyapti.

Ushbu korpus joriy yilning mart oyi oxirlariga foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech