"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 12-noyabr kuni OKMKda Digital Industry MChJ mas’ullari va "Olmaliq KMK" AJ IT yo‘nalishi mutaxassislari bilan Belarus Respublikasining Complete Soft kompaniyasi direktori o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, aqlli boshqaruv tizimlarini joriy etish va korxonaning IT infratuzilmasini modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun texnologik uchastkalarni avtomatlashtirish, raqamli yechimlarni integratsiya qilish va yagona tahliliy platformani yaratish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv OKMK raqamli ekotizimini rivojlantirish hamda innovatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi yana bir qadam bo‘ldi.
Axborot xizmati