Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Joriy yilning 18 iyun kuni Mis boyitish fabrikasida “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash birinchi navbatda!” mavzusida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.
Tadbirda OKMK obyektlarida yongʻin xavfsizligini taʻminlashni tashkil etish boʻlim boshligʻi A.Axrorov, Fuqoro muhofazasi otryadi boshlig‘i oʻrinbosari B.Abulqosimov, MBF rahbariyati, koʻngilli yongʻin oʻchirish brigadasi va ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.
- Yongʻin – bu nafaqat moddiy zarar, balki inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi hodisa ekanligi taʻkidlandi. Xodimlarda yongʻin xavfsizligi boʻyicha hushyorlikni kuchaytirish, favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilish koʻnikmalarini shakllantirish, eng muhimi esa – bunday holatlarning oldini olish seminarning bosh maqsadidir. Barcha ishlab chiqarish binolari yongʻinga qarshi zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangan boʻlib, har bir bo‘limda evakuatsiya rejalari joylashtirilgan va ularga amal qilinishi bo‘yicha mashg‘ulotlar oʻtkazilmoqda. Har chorakda xodimlarimizga yongʻin xavfsizligi bo‘yicha amaliy va nazariy treninglar tashkil etiladi. Yil davomida maxsus komissiya tomonidan profilaktik tekshiruvlar oʻtkazilib, xavfli holatlar bartaraf etilmoqda. Shuni alohida taʼkidlashni istardimki, yongʻin xavfsizligi – faqat texnik vositalar emas, balki har birimizning masʼuliyatli yondashuvimizga, ogohligimizga, intizomimizga bogʻliq. Bu borada har bir xodimning faolligi, hushyorligi biz uchun juda muhim, deydi MBF bosh muhandisi A.Ahmadaliyev.
Masʻullar tadbirda Respublikamizda yil boshidan beri bo‘lgan yong‘in hodisalarining asosiy sabablarinin tahlil etishdi. Unga koʻra elektr energiyasidan noto‘g‘ri foydalanilishi oqibatida, qo‘lbola elektr pechlaridan foydalanilishi, elektr tarmog‘iga keragidan ortiq yuklanish berishi natijasida ham yong‘inlar kelib chiqqan.
Ayniqsa, qish mavsumida hovli uylarga o‘rnatilgan isitish moslamalarining qish mavsumiga tayyorgarliksiz ishga tushirilishi oqibatida insonlarning is gazidan zaharlanish holatlari ham kuzatilganligini ta’kidlandi. Yangi qurilish qilayotganda ham tez yonuvchi quriilish materiallaridan foydalanmaslik va elektr simlarini himoya shlanglari orqali o‘tkazishlikni, nafaqat uyda ishxonalarda ham to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa maqsadga muvofiq bo‘lishi aytib o‘tildi. Ishxonadagi har bir xizmat xonalarida birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari mavjudligini va aynan nima uchun birlamchi ekanligini, ya’ni faqat olov endi alangalanganda uni o‘chirish mumkin bo‘lsagina shu vositalar bilan o‘chirishlikni, agar olov kuchayib ketgan bo‘lsa zudlik bilan eng yaqin davlat yong‘in xavfsizlik xizmatiga qo‘ng‘iroq qilish kerakligini ta’kidladi.
Seminar qatnashchilariga yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha hujjatli videorolik namoyish etildi.
Nazariy qismdan so‘ng seminar qatnashchilariga Mis boyitish fabrikasi hududida yong‘in xavfsizligi maxsus avtotransporti, ekipaj a’zolarining shaxsiy himoya vositalari hamda yong‘inga qarshi ishlatiladigan jihozlar haqida ma’lumot berib o‘tildi.
Seminar so‘ngida sun’iy olov KYO‘D tomonidan birlamchi yong‘in o‘chirish vositasi bilan batamom o‘chirilishi namoyish etildi.
B.Janibekov,
MBF Yongʻin xavfsizligi muhandisi