• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Doimiy ogohlik davr talabi

15 Aprel 2024, 8:36 948

Ma'lumki O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024-yil 22-yanvardagi 1-sonli hamda “Olmaliq KMK” AJ rahbariyatining 2024-yil 30-yanvardagi 0125/1-sonli buyrug‘iga asosan, kombinat tarkibiy bo‘linmalarida joriy yilning 1-aprelidan 1-mayigacha fuqaro muhofazasi oyligini o‘tkazish belgilangan.

Oylik doirasida Xondiza kon boshqarmasi ishchi-xodimlari o‘rtasida bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

Fuqaro muxofazasi va yong‘in xavfsizligini ta'minlash, ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni fuqaro muhofazasi va yong‘inlarni oldini olish chora-tadbirlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida mehnat jamoalarida keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borildi.

Xususan, boyitish fabrikasi ishchi xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan seminarda favqulodda holatlar sodir bo‘lganda, texnogen va tabiiy ofatlar, avariya sodir bo‘lganda, noqulay ob-havo sharoitlarida, zilzila, suv toshqinlari va boshqa holatlarda harakat qilish tartiblari tushuntirildi. Ishlab chiqarish binolarida avariya yoki yong‘in sodir bo‘lganda evakuatsiya yo‘llaridan harakatlanish, qutqaruv va avariyalarni bartaraf etish vositalaridan, ichki yong‘inni o‘chirish kranlari va birlamchi yong‘inni o‘chirish vositalaridan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Ishchilar hayotini saqlash, ularga birinchi tez-tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ish joylarida mashg‘ulotlar, seminarlar muntazam o‘tkazilayapti.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech