• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Doimiy ogohlik har qanday noxushlikning oldini oladi

30 Noyabr 2023, 9:22 180

Ma’lumki ayni kunlarda mamlakatimiz bo‘ylb “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilmoqda. Oylik doirasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linmalarida turli xil profilaktik tadbirlar, o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinayapti.

Joriy yilning 21-noyabr kuni oylik doirasida Qalmoqqir kon boshqarmasida “Favulodda vaziyatlarni oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta'minlash birinchi navbatda” mavzusida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Tadbirda OKMK obyektlarida yong‘in xavfsizligini tashkil etishni ta'minlash bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tgan davr mobaynida sodir bo‘lgan yong‘inlar tahlil etildi. Seminar ishtirokchilariga yong‘in xavfsizligi profilaktikasiga oid videorolik namoyish etildi.

Shundan so‘ng, yong‘in o‘chirish jihozlari hamda texnika vositalarining ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ro‘y bergan yong‘inni birlamchi o‘t o‘chirish vositalari bilan qanday bartaraf etish ko‘rsatib berildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech