Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga konchilik texnikalarini ishlab chiqaruvchi Liu Gong Dressta Machinery Sp.z.o.o. Dressta(Xitoy-Polsha) kompaniyasi vakillari tashrif buyurishdi.
Dastlab OKMK Ijro apparatida mazkur xorijiy kompainya vakillari Govard Deyl, Voysex Gardjala, Ilya Petuxov, Sergey Berezalar kombinat boshqaruvi raisining transport va logistika bo‘yicha bo‘yicha o‘rinbosari v.b. Rustambek Sanaqulov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda har ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalasi muhokama etildi.
Shuningdek kombinat hamda Liu Gong Dressta Machinery Sp.z.o.o. Dressta kompaniyasiga oid ma'lumotlarni o‘zida aks ettirgan taqdimotlar ham bo‘lib o‘tdi.
Kompaniya vakillari kombinat tarkibida istiqbolli kon sifatida e'tirof etilayotgan “Yoshlik-1” koniga ham borishdi. Bundan tashqari, dunyodagi eng yirik mis-molibden konlaridan biri bo‘lgan Qalmoqqir konidagi ishlab chiqarish jarayoni bilan ham mehmonlar tanishdilar.
Texnologik transport boshqarmasi faoliyati hamda raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar kompaniya vakillarida katta taassurot qoldirdi.
Mehmonlarning navbatdagi manzili Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi bo‘ldi.
Ma'lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki hozirda kombinat ishlab chiqarish jarayonida mazkur kompaniyaning turli rusumdagi gusenisali bul'dozerlari, gusenisali kran buldozerlari, frontal' yuklagichlari, quvur o‘rnatgichlari kabi jami bo‘lib 111 dona texnika vositalaridan foydalanilmoqda.
“Yoshlik-1” koni investitsiyaviy loyihasi doirasida ham mazkur kompaniyaning texnika vositalari olib kelinishi ko‘zda tutilgan.
Axborot xizmati