"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Bugun Toshkent shahridagi “Central Asian Expo” (CAEx) ko’rgazmalar majmuasida “Eco Expo Central Asia 2025” ekologik texnologiyalar xalqaro koʻrgazmasi oʻz ishini boshladi.
21-iyunga qadar davom etadigan mazkur nufuzli tadbirda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ham ishlab chiqarish jarayonida atrof-muhitni asrash, energiyatejamkorlik, tabiiy resurslardan samarali foydalanish borasida erishilayotgan natijalar va ekologik standartlarga mos ravishda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.
Markaziy Osiyoda ilk bor oʻtkazilayotgan tadbir dunyoning 25 dan ortiq davlatini birlashtirib, CAEx koʻrgazmalar majmuasini ilgʻor tajriba almashinuvi, ochiq muloqotlar va “yashil” transformatsiyani ilgari surish uchun yirik maydonga aylantiradi.
Koʻrgazma davomida ekspertlar, kompaniyalar, startaplar, davlat va xalqaro tashkilot vakillari eng zamonaviy va samarali ekologik yechimlarini taqdim etishadi.
Asosiy e’tibor iqlim barqarorligi, resurslarni tejash va toza texnologiyalarni joriy etish kabi dolzarb masalalarga qaratiladi.
Axborot xizmati