Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Joriy yilning 31 may kuni “Metallurg” madaniyat saroyida koʻplab xalqaro tanlovlar gʻolibi boʻlgan “Edelveys” xalq raqsi ansamblining “Biz 30 damiz” deb nomlangan yubiley konserti boʻlib oʻtdi.
Baletmeyster Yuliya Koldakova rahbarligidagi raqs jamoasining tashkil topganligiga 30 yil toʻlishi munosabati bilan oʻtkazilgan yubiley konsertiga koʻplab tomoshabinlar tashrif buyurishdi.
Tadbir davomida Oʻzbekistondagi rus, tatar, koreys, ukrain madaniyat markazlari vakillari raqs jamoasini muborakbod etishdi. Shuningdek, Tatariston xalq artisti, Boshqirdistonda xizmat koʻrsatgan artist Feruza Xaldarova ham raqs jamoasiga oʻzining samimiy tilaklarini bildirdi.
San’at va madaniyat rivojiga qoʻshayotgan munosib hissasi uchun raqs jamoasi OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan qimmatbaho sovgʻa bilan ragʻbatlantirildi.
Konsert davomida Shohrux Marufov boshchiligidagi “Zarb” doirachilar ansambli ham oʻzlarining ajoyib chiqishlari bilan tomoshabinlarga olqishiga sazovor boʻldi.
Ayniqsa, “Edelveys” raqs jamoasining kichik, oʻrta va katta guruhlari tarbiyalanuvchilari tomonidan ijro etilgan "Andijon palitrasi", "Gopak” ukraincha raqsi, "Sabantoʻy” tatarcha raqsi, "Ajdarho va gullar” koreyscha raqsi, "Andalusiya kaskadi” ispancha raqsi, "Pereplyas” ruscha raqsi, "Oʻtloqda” nemischa raqsi "Quvnoq nogʻoralar" va boshqa koʻplab yorqin raqslar kontstsert dasturini yanada qiziqarli oʻtishini ta’minladi.