• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Ehtimolli favqulodda baxtsiz hodisalar yuz berganda suv resurslarining ifloslanishiga ta'sirini o‘rganish”

27 Sentyabr 2024, 14:53 441

Joriy yilning 24-26-sentyabr kunlari “Ehtimolli favqulodda baxtsiz hodisalar yuz berganda suv resurslarining ifloslanishiga ta'sirini o‘rganish” mavzusida ilmiy-amaliy o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Suv ho‘jaligi vazirligi, Sanoat xavfsizligi vazirligi vakillari, “Olmaliq KMK” AJ Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi mas'ullari va sohaning malakali xorijiy mutaxassislari ishtirok etishdi.

Seminar davomida ishtirokchilar Angren kon boshqarmasining texnogen chiqindilar joylashtirilgan poligonida ilmiy-amaliy mashg‘ulotlarda ham qatnashdilar.

Mazkur Ilmiy-amaliy o‘quv seminarni o‘tkazishdan maqsad Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga qarashli texnogen chiqindilar joylashtirilgan poligonlar hamda Respublika miqyosida mavjud chiqindi saqlash omborlarini xalqaro standart talablariga muvofiqlashtirish hamda yuzaga kelish ehtimoli mavjud bo‘lgan xavflarni oldini olishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi. Shuningdek, tegishli Vazirliklarga ushbu yo‘nalishda chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha 2025-yil uchun yo‘l xaritasini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

Seminarda  Qozog‘iston va Tojikiston Respublikalari hamda Yevropa davlatlaridan kelgan malakali mutaxassislarning ma'ruzalari tinglandi. Gidrotexnik inshootlarining xavfsizligini ta'minlash borasida xalqaro BMT standart talablari ko‘rib chiqildi.

Seminar yakuni bo‘yicha treningda qatnashgan soha mutaxassislariga sertifikatlar topshirildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech