• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ekobog‘ga ispan atirgullari ekiladi

08 Aprel 2022, 8:20 1359

“Yashil makon” umumilliy loyihasida kombinat tarkibiy bo‘linmalari faol ishtirok etayotgani sir emas.

Loyiha doirasida sanoat zonasida tashkil etilgan ekobog‘ga OKMK boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov tashrif buyurib bog‘dagi ekilgan daraxtlarga agrotexnik ishlov berish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalari mas'ullariga ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

Shuningdek, S.Shermatov bog‘dagi daraxt nihollari oralariga ispan atirgullarini ekish bo‘yicha ham mas'ullarga topshiriq berdi.

Ma'lumot o‘rnida aytish mumkinki sanoat hududida tashkil etilgan mazkur ekobog‘ning maydoni 3 gektarga yaqin. Bog‘ hududi kombinat tarkibiy bo‘linmalariga biriktirilgan bo‘lib, bu yerga pavlovniya, eldor qarag‘ayi, tuya kabi manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan.

Endilikda bog‘dagi daraxt nihollari oralariga 4000 tupdan ortiq ispan atirgullari ekiladi. Ayni paytda daraxt ko‘chatlariga agrotexnik ishlov berish ishlari amalga oshirilmoqda.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech