"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Energetiklar kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangan elektr energiyasi va issiqlik ta’minotini kafolatlab, mamlakat iqtisodiyoti va farovonligini rivojlantirishga katta hissa qo‘shayotgan kasb egalaridir.
Har yili 22-dekabr dunyoning koʻplab mamlakatlarida energetiklar kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Xususan, OKMKning 3-mis boyitish fabrikasi rahbariyati tashabbusi bilan kuni kecha MTTU MISiS Olmaliq filialida ushbu soha vakillari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
22-dekabr bejiz energetiklar kuni sifatida tanlanmagan. Bu yil davomidagi eng qisqa kun boʻlib uning uzun tunida, energiyaga bo‘lgan ehtiyoj ortadi. Shu sababli, mazkur sanada energiya ta’minoti tizimining ahamiyatini eslash va soha vakillarining mehnatini qadrlash naqadar muhimligi yaqqol namoyon boʻladi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar mana shunday sharafli kasb egalarining fidokorona mehnatini alohida e’tirof etib, ularga bayram tabriklarini yo’llashdi.
Qutlovlardan soʻng “Eng yaxshi energetik” koʻrik-tanlovi gʻoliblari hamda sohaning eng ilgʻor vakillari diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
Yigʻilganlarga yuqori kayfiyat ulashish maqsadida “Metallurg” madaniyat saroyining badiiy havaskorlik jamoalari tomonidan konsert dasturi havola etildi.
Axborot xizmati