"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida tejamkorlik siyosatiga har bir tarkibiy bo‘linmada qat'iy amal qilib kelinmoqda.
Jumladan, Mis boyitish fabrikasida joriy yilning 11 oyi davomida yoqilg‘i energetika resurslari iqtisodi bo‘yicha quyidagi natijalarga erishilgan.
Xususan, o‘tgan davrda 31035,185 kV/s elektr energiyasi tejalgan.
Shuningdek, yoqilg‘i energetika resurslarini tejash bo‘yicha tashkiliy texnik chora-tadbirlarning bajarilishi hisobiga hamda fabrikada texnologik modernizatsiya va resurstejamkor texnologiyalarning joriy etilishi ham bu yo‘nalishda samaradorlikka erishishda muhim omil bo‘layapti.
Xususan, 1-sonli Maydalash sexi, 2-sonli maydalash-boyitish kompleksi hamda Yanchish va flotatsiya sexida chastotali qayta rostlovchilarni qo‘llagan holda elektro‘tkazgichlar modernizatsiya qilindi. 1-MS va 2-MBKda amaldagi elaklar kam quvvatli elektrodvigatelli elaklarga almashtirildi. Yanchish va flotatsiya sexida 4,5x6,0 tegirmonlariga foydalanishga topshirildi. Buning natijasida esa 7415,341 kV/s elektr energiyasi iqtisodiga erishildi.
Bundan tashqari, fabrikada 4895,806 ming metr kub tabiiy gaz, 70252 Gkal issiqlik energiyasi, 11 521 ming metr kub sanoat suvi tejaldi.
Axborot xizmati