• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

“Eng avvalo - yongʻin havfsizligini ta’minlash”

06 Dekabr 2024, 11:1 295

Ma’lumki, 2024-yilning 15-noyabr kunidan 15-dekabr kuniga qadar kombinat tarkibiy boʻlinmalarida “Yongʻin xavfsizligi oyligi” oʻtkazilishi belgilangan.

Oylik doirasida kuni kecha Kapital qurilish va Loyiha ishlari boshqarmalari kabi mehnat jamoalarida “Eng avvalo - yongʻin havfsizligini ta’minlash” mavzusida koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi.

Koʻrgazmali seminarda Fuqaro muhofazasi otryadi mas’ul xodimi B.Abdulqosimov,  OKMK obyektlarida yongʻin xavfsizligini tashkil etishni ta’minlash boʻlimi inspektori  M.Qoraboyeva,  Kapital qurilish boshqarmasi bosh muhandisi J.Soxibov,  Kapital qurilish boshqarmasi boshliq muovini L. Jumanov  hamda ishchi-xodimlar qatnashdilar.

Seminarda soʻzga chiqqanlar ishtirokchilarga 2023-yil va 2024-yil 11 oyida Oʻzbekiston Respublikasida, shu jumladan, viloyatda va shahrimizda roʻy bergan yongʻinlar toʻgʻrisida batafsil ma’lumot berib oʻtdi. “Yong’in va uning oqibatlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom talablari, yong’in havfsizligi ta’minlash, elektr jihozlar va gaz plitalardan foydalanish qoidalari va yong’inning oldini olish boʻyicha boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Yongʻinning oldini olish maqsadida ushbu komissiya a’zolari har oyda, har chorakda oʻzlariga biriktirilgan obyektalarda yongʻin havfsizligi qay darajada ta’minlanganligi, holatini nazorat qilib borish, zarur boʻlganda aniqlangan nosozliklarni bartaraf etishi shartligi aytib oʻtildi.

Seminarda soʻzga chiqqan Kapital qurilish boshqarmasi bosh muhandisi Jamshid Soxibov yongʻin xavfsizligini ta’minlash borasida boshqarmada tashkil etilayotgan oʻquv kurslari tinglovchilari va boshqarma xodimlari oʻrtasida tegishli tashviqot-targʻibot ishlari muntazam ravishda olib borilayotgani boʻyicha ma’lumot berdi. Shuningdek, binoda joriy yilda bajarilgan ishlar yuzasidan binoning xonalari birlamchi oʻt oʻchirish vositalari bilan ta’minlangani, xonadagi rozetkalar koʻzdan kechirilgani, Yongʻin-texnik komissiyasi yoki Koʻngilli yongʻindan saqlash xizmati a’zolari ishtirokida bir necha marta amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilganinin ta`kidladi.

Seminarda ishtirokchilarga roʻy bergan yongʻinlar, uning oqibatlari va yongʻin havfsizligini ta’minlash, uning oldini olishga bo`yicha keng ma’lumotlar berdi.

Oʻt oʻchiruchilarning jangovar jihozlari va maxsus texnikalari tanishtirildi, ulardan foydalanish va qoʻllash toʻgʻrisida tushuntirildi.

Axborot xizmati

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu