• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Eng bilimdon apparatchi ayol

02 Avgust 2023, 10:22 853

Mis eritish zavodida 800 nafarga yaqin xotin-qizlar turli sohalarda mehnat qilib kelishmoqda.

Jamoada mehnat samaradorligini yanada yaxshilash, xotin-qizlarning ijtimoiy, siyosiy, kasb mahoratlarini oshirib borish orqali ijtimoiy muhit barqarorligini ta'minlash muhim omillardan biridir.

Ayni shu maqsadda zavodda xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida sexlararo xotin-qizlar o‘rtasida "Eng yaxshi apparatchi" kasb mahorati tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda zavodda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning kasb mahorati, bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

Ishtirokchilar dastlab 7ta savolga og‘zaki javob berishdi. Ikkinchi shartda esa fototestlar orqali qanday to‘g‘ri ishlashni ko‘rsatib berishdi.

Uchinchi shartda esa ishtirokchilar ISO 45001 standarti haqida, uning korxonada qo‘llanilishi bo‘yicha ma'lumot berishdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, Havo taqsimlash sexi vakilasi K.Ergasheva uchinchi o‘rinni egalladi.

Ushbu sexning yana bir vakilasi D.Xolboyeva ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Oltin va kumushni affinajlash sexi vakilasi M.Abduvaliyeva “Eng yaxshi apparatchi” deya e'tirof etildi.

G‘oliblar faxriy yorliq pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Umida Alimova,

MEZ xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech