"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33OKMK "Olmalikmetallurgqurilish" tresti qurilish materialari va konstruksiyalari ishlab chiqarish boshqarmasining Sanoat al'pinizmi uchastkasida faoliyat yurituvchi sanoat al'pinistlari o‘rtasida “Eng mohir alpinist” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
28 aprel - Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati tashkil etilgan tanlovda mazkur kasb egalari o‘zlarining yillar davomida erishgan kasb ko‘nikmalari va malakalarini namoyish etib, amaliy va bilimlarini sinab ko‘rishdi.
Tanlov yakuniga ko‘ra, U.Omonov “Eng mohir al'pinist” deya, e'tirof etildi.
S.Musurmanov va D.Jo‘rayevlar ham sovrinli o‘rinlarni egallashdi.
Tanlov g‘oliblari kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan munosib taqdirlanishdi.
Sayyora Djurayeva,
trest kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi