Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 23-dekabr kuni “Metallurg” madaniyat saroyida “Eng yaxshi didaktik o‘yin muallifi” ko‘rik tanlovining Toshkent viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda tanlovning tuman-shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 30ga yaqin ishtirokchilar o‘zaro bellashishdi. Olmaliq shahar sharafini “Olmaliq KMK” AJning Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi tassarufidagi 34-MTT tarbiyachisi Gulbahor Shermatova va 20-bog‘cha tarbiyachisi Charos Zoirovalar himoya qilishdi.
Ular tanlovga, “Dunyo bo‘ylab 8 daqiqa” va “G‘aroyib ferma” mavzularida didaktik o‘yinlarini tayyorlashgan.
Didaktik o‘yinni ta'lim-tarbiya jarayonida qo‘llash, uning qodalari va harakatlari orqali bolalarda xushfe'llik, chidam, xushmuomalik shakllanadi.
Aytib o‘tish joizki har bir didaktik o‘yin o‘ziga xos va ta'limiy maqsadi bilan ajralib turadi. Tanlovda, ishtirokchilarining ertaklar, arfoy-muhit va tabiat, urf odat an'analar, o‘rab turgan predmatlar, ijtimoiy hodisalar borasida tassavur hamda bilimlarnini shakllanishida xizmat qiladigan ko‘rgazmalir joy oldi.
Hakamlar hayati baholash jarayonida ishtirokchilarning asosan tayyorgarlik holatiga, mahoratiga, o‘yin g‘oyasi va mazmuniga, maqsaiga hamda amalga oshirish texnikasiga e'tibor qaratishdi.
Ko‘rik tanlov natijalariga ko‘ra, 3-o‘rin Qibray tumanidan qatnashgan Fotima Usmanova va Zangiota tumanidan O‘g‘iloy Miralievalarga loyiq qo‘rilgan bo‘lsa.
2-o‘rinni Toshkent tumani ishtirokchisi Shohida Rahmatovaga va hamshaharimiz, 20-MTT tarbiyachisi Charos Zoirovalar egallashdi
Faxrli 1-o‘rin esa Angren shaharidan qatnashgan Mohinur Jo‘rayevaga hamda IOB tassarufidagi 39-MTT tarbiyachisi Gulbahor Shermatovalarga nasib etdi.
Tanlov g‘oliblariga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Axborot xizmati