• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

"Eng yaxshi elektrovoz mashinisti"

02 Dekabr 2022, 10:26 646

OKMK boshqaruv raisining "9 - dekabr Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan kombinat va uning tarkibiy bo'linmalarida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida belgilangan tadbirlarni yuksak saviyada o'tkazishni ta'minlash to'g'risida”gi buyrug'ini ijrosini ta'minlash maqsadida "Korrupsiya - rivojlanishimizga to'siq" mavzusida Chodak kon boshqarmasi ishchi xodimlari orasida qator tadbirlar o'tkazilib kelinmoqda.

Jumladan 1-dekabr kuni Chodak kon boshqarmasi ishchi-xodimlari o'rtasida "Eng yaxshi elektrovoz mashinisti" kasb-mahorat tanlovi o'tkazildi.

Tanlov nazariy shart asosida kon boshqarmasi bosh mutaxassislari nazoratida o'tkazilib, 3-o'ringa Guzaksoy shaxtasi elektrovoz mashinisti Sobirjon Ismoilov loyiq ko'rildi.

2-o'rinni Pirmirob shaxtasi elektrovoz mashinisti Gavharali Lochinov egalladi.

Pirmirob shaxtasi elektrovoz mashinisti Tohirjon Qo'chqorov "Eng yaxshi elektrovoz mashinisti" deya e'tirof etildi.

G'oliblarga Chodak kon boshqarmasi Kasaba uyushmasi tomonidan qimmatbaho sovg'alar topshirildi.

A. Boboyev

Chodak KB yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech