• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Eng yaxshi flotator”

06 Mart 2024, 8:53 386

2-mis boyitish fabrikasining 70 yilligiga

2024 yil 4 mart kuni 2-mis boyitish fabrikasining 70 yilligi hamda 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati fabrika kasaba uyushmasi qo‘mitasi, xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha maslahat kengashi, yoshlar ittifoqi hamkorligida "Eng yaxshi flotator” kasb mahorati tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda fabrikaning Yanchish va flotatsiya bo‘limi flotatorlari bellashishdi.

Ma'lumki, flotator kasbi foydali qazilmalarni boyitish jarayonidagi asosiy va murakkab kasbdir. Foydali qazilmalarni boyitish - minerallarning kimyoviy o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan mexanik qayta ishlashdir. Boyitish fabrikalarida foydali qazilmalar bir qator qayta ishlash jarayonlaridan o‘tib, ularni texnologik sikldagi vazifalariga qarab tayyorlash, asosiy va yordamchi jarayonlarga bo‘linadi. Asosiy jarayon - foydali qazilmani boyitma va chiqindiga ajratishga imkon beruvchi minerallarni ajratish jarayoni hisoblanadi. Ushbu mas'uliyatli vazifani fabrikaning betakror flotator kasbida ishlovchi ayollar bajaradi.

Tanlovda ishtirokchilar o‘z kasblari bo‘yicha test savollariga javob berishdi va amaliy shartlarni bajarishdi.

Tanlov natijalariga asosan faxrli 3-o‘rinni Aziza Ashirbayeva egalladi.

Malika Baxromova 2-o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Barcha shartlarni a'lo darajada bajarigan Fotima Urazbaeva “Eng yaxshi flotator”, deya e'tirof etildi.

G‘oliblar fabrika rahbariyati hamda OKMK xodimlari Kasaba uyushmasi kengashi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

M. Dustmuradova,

2-MBF xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha maslahat kengashi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech