• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Eng yaxshi ish taqsimlovchi

30 Oktyabr 2023, 10:44 748

Joriy yilning 25-oktyabr kuni Mis eritish zavodida “Eng yaxshi ish taqsimlovchi” kasb mahorati tanlovi tashkil etildi.

Dastlab ishtirokchilar nazariy bilimlarini 10ta savolga og‘zaki tarzda javob berish orqali namoyish etishdi.

Keyingi bosqichda esa ishtirokchilar Mehnat kodeksi bo‘yicha savollarga javob berishdi. Kompyuterda word, exel dasturlarida ishlashni, ma'lum vaqtda tezkorlik bilan matn terishni, Directum dasturi orqali hujjat bilan ishlashni amalda ko‘rsatib berishdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, faxrli uchinchi o‘rinni Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika sexi vakilasi Baxtigul Bo‘ronova egalladi.

Havo taqsimlash sexi vakilasi Elmira Surikovaga ikkinchi o‘rin nasib etdi.

Energiya ta'minoti sexi vakilasi Dilorom Xalilova “Eng yaxshi ish taqsimlovchi” deya e'tirof etildi.

Sherali Umaraliyev,

MEZ kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech