"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi kasaba uyushmasi faollari o‘rtasida “Eng yaxshi kasaba uyushmasi faoli” tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda ishtirokchilar “Sex kasaba uyushmasi faolining bir kuni” shartida o‘zlarining bir kun faoliyatini videolavha orqali namoyish etishdi.
Ikkinchi shartda ishtirokchilar mehnat qonunchiligi va kasaba uyushmalari faoliyatiga oid 40 ta savolga test orqali javob olishdi.
Uchinchi shartda qatnashchilar “Murojaat-harakat-natija” shartida vaziyatli holatlardan o‘z bilimi orqali ijobiy natijaga erishishi bahonlandi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, g‘oliblikni 35-MTT tarbiyachisi Mamlakat Saidkarimova qo‘lga kiritib, “Eng yaxshi kasaba uyushmasi faoli”, deya e'tirof etildi.
2-o‘rin 31-MTT tarbiyachisi Shahnoza Raxmanovaga nasib etdi.
34-MTT omborchisi Maftuna Gaziyeva faxrli 3-o‘rinni egalladi.
G‘oliblarga esdalik sovg‘alari ulashildi.
Farog‘at Matkarimova,
IOB kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi