• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Eng yaxshi mehnat muhofazasi muhandisi-2022”

23 May 2022, 14:31 1747

Mehnatni muhofaza qilish, inson xavfsizligini ta'minlash har qanday jarayonlarning asosi bo‘lmog‘i lozim. Ayniqsa, murakkab mehnat jarayonlari kechadigan  OKMKda ish beruvchilar tomonidan xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlarini yaratish vazifalariga doimiy e'tibor qaratiladi.

OKMKning tarkibiy bo‘linmalarida mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish nazorati sohasida faoliyat olib borayotgan muhandis, texnik hodimlar o‘rtasida “Eng yaxshi mehnat muhofazasi muhandisi-2022” kasb mahorati tanlovi bo‘lib o‘tdi.

50 nafardan oshiq soha hodimlari dastlab test sinovlaridan o‘tib, shuningdek,  maxsus dalolatnomalar, yo‘riqnomalar ishlab chiqishdi.

19 may kuni  o‘tkazilgan tanlovning so‘nggi bosqichda esa, 3 bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan 10 nafar ishtirokchi belgilangan mavzularda seminar olib borishdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, Kovuldi koni hodimi Sarvarjon Abdujalilov uchinchi o‘rinni egalladi.

Angren quvur zavodidan Doniyor Kulmatov esa ikkinchi o‘rinni egalladi.

Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi sharafini himoya qilgan Dilyaver Yuldashev esa - “Eng yaxshi mehnat muhofazasi muhandisi, deya e'tirof etildi.

Shuningdek, Mehnat muhofazasi sohasida nazariy savollarni eng yaxshi bilimdoni nominasiyasida Issiqlik elektr markazidan Shuhrat Yo‘ldoshev, Texnik nazorat xizmatidan Yelena Soledinova eng yuqori kasbiy mahorat egasi, Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi xodimi Aygul Egambaeva eng faol ishtirokchi nominasiyalarini qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Iroda Almatova,

OKMK ijro apparati MM va SX bo‘limi muhandisi

Bo`lishmoq:
Text to speech