• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Eng yaxshi mehnat muhofazasi va harakat xavfsizligi bo‘yicha muhandis”

26 Aprel 2022, 8:54 1363

28 aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati OKMK Avtomobil transport boshqarmasi mehnat muhofazasi va harakat xavfsizligi bo‘yicha muhandislari o‘rtasida ko‘rik- tanlov tashkil etildi.

“Eng yaxshi mehnat muhofazasi va harakat xavfsizligi bo‘yicha muhandis” tanlovida ishtirokchilar nazariy hamda amaliy shartlar bo‘yicha bellashdilar.

3-shartda esa ishtirokchilarning o‘z korxonalarida 1 yil davomida yo‘l harakati hodisasi, baxtsiz hodisalari ro‘y bergan bo‘lsa to‘plagan ballari olib tashlandi.

Xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitini yaratishda ish beruvchi tomonidan  ishchilarning qonuniy manfaatlari va qiziqishlariga rioya etilishida kasaba uyushmasi nazorati samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda g‘oliblar aniqlandi.

Unga ko‘ra, “Eng yaxshi mehnat muhofazasi va harakat xavfsizligi bo‘yicha muhandis” deya 3-avtokorxona muhandisi Adhamjon Omonov e'tirof etildi.

4-avtokorxona muhandisi Ergash Botirov esa ikkinchi o‘rinni egalladi.

2-avtokorxon sharafini himoya qilgan Ibrohim Menliev esa uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Tanlov g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Aziz Narimanov,

ATB kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

Bo`lishmoq:
Text to speech