Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi ma’muriyati, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi boʻlimi, kasaba uyushmasi qoʻmitasi va yoshlar ittifoqi hamkorligida. “Eng yaxshi mehnat muhofazasi vakili” koʻrik-tanlovi tashkil etildi.
Mehnat muhofazasi vakillarining mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi normalari, qoidalari va yoʻriqnomalarini bilishi va ularga rioya etishi uchun barqaror motivatsiyani shakllantirish, mehnatni muhofaza qilish madaniyati, ish joyidagi masalalarni hal etishda har-bir shaxsning shaxsiy ishtiroki faolligini oshirish maqsadida tashkil etilgan tanlov uch bosqichda oʻtkazildi.
Birinchi bosqichda mehnat muhofazasi vakili ish faoliyatidan olingan materiallarni fayl papkalariga joylashtirib, 2023 yilning 18-mayiga qadar MM va XT boʻlimiga topshirdi.
Ikkinchi bosqichda esa MM vakilining intizomi, MM va XT boʻyicha hujjatlarning toʻlaqonli ekani va yuritilishi, uskunalarning holati (oshxona, kir yuvish xonasi, tibbiyot boʻlimi va boshqa boʻlimlarda joylashgan uskunalar), texnik xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar: farroshlar, bogʻbonlar, chilangarlar va boshqalar koʻrib chiqildi. Shuningdek, ish taqsimlash xonalari (MM va XT soxasidagi axborotlar, banerlar va targʻibot ishlanmalari mavjudligi), mehnat muhofazasi vakili tomonidan ish joyida mehnatni muhofaza qilish sharoitlarini yaxshilash boʻyicha ish faoliyatini olib borish boʻyicha takliflarini qay darajada amalga oshirilganligi boʻyicha ma’lumotlar yozma va fotosuratda taqdim etildi.
Jarohatlarning yoʻqligi, ishchilar orasida kasallanish darajasiga ham e’tibor qaratildi.
Uchinchi bosqichda esa mehnatni muhofaza qilish boʻyicha amaldagi qoidalar, me’yoriy hujjatlar, mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari, ishlab chiqarishdagi shikastlanishlarning oldini olish va profilaktika ishlari boʻyicha mehnat muhofazasi vakillarining normativ-huquqiy bilim darajasini test savollari orqali sinovdan oʻtkazildi.
Tanlov yakunlariga koʻra, gʻoliblikni 7-sonli maktabagcha ta’lim tashkiloti musiqa rahbari Rumiya Husanova qoʻlga kiritdi.
2-oʻrin 22-sonli MTT tarbiyachi yordamchisi Maftuna Abduraxmanovaga nasib etdi.
“Nuroniy” pensionerlar uyi farroshi Larisa Aydinova 3-oʻringa loyiq koʻrildi.
Tanlov gʻoliblari “Olmaliq KMK” AJ Kasaba uyushmasi kengashi tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
M. Fazilova,
MM va XT muhandisi