• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Eng yaxshi mehnat muhofazasi yo‘riqchisi

25 Aprel 2022, 8:58 1460

28 aprel - Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan 22 aprel kuni "Olmaliq KMK" AJ o‘quv markazida Texnik nazorat xizmati xodimlari o‘rtasida "Eng yaxshi mehnat muhofazasi yo‘riqchisi" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda ishtirokchilar sohalari bo’yicha 3 ta shart asosida bellashdilar.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra  faxrli 3-o‘rinni 2-MBF TNX xodimi Dilnoza Sobirova egalladi. 2-o‘rinni MEZ TNX xodimi Rasul Pardabayev qo‘lga kiritdi. Tanlovnig mutloq g‘olibi deb Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo’yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi ТNX xodimi Luiza Viktorova topildi va 1-o‘rinni egalladi.

G‘oliblar TNX kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Qahramon Yunusov,  
Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo'yicha komissiya raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech